Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil import qilishdagi «yiliga bitta sertifikat» cheklovi bekor qilindi

Avtomobil import qilishdagi «yiliga bitta sertifikat» cheklovi bekor qilindi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning 2026 yil 4 iyundagi «Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga binoan, 2029 yil 1 iyulga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, qurilish ishlarida foydalaniladigan maxsus texnika vositalarini hamda laboratoriya va instrumental ko‘rik asbob-uskunalarini olib kirishda bojxona boji undirilmaydi. Bojdan ozod etiladigan maxsus texnika vositalari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, hujjat bilan «Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament»ga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan transport vositasini import qilishda bir yilda bir dona transport vositasiga muvofiqlik sertifikati berilishiga doir norma bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring