Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqdagi gaz quyish shahobchasi oldida «Labo» yonib ketdi

Chirchiqdagi gaz quyish shahobchasi oldida «Labo» yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq shahridagi gaz quyish shahobchasi oldida «Labo» rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida video lavha tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritildi.

Hodisa kecha, 2 iyun kuni soat 14:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1993 y.t. K.G. boshqaruvida bo‘lgan «Labo» rusumli transport vositasi gaz quyish uchun Chirchiq shahridagi «SHIRINA PETROL» MCHJ ga qarashli gaz quyish shahobchasiga kirgan.

Gaz quyib bo‘lganidan so‘ng, u yo‘lini davom ettirgan va yonilg‘i quyish shahobchasidan chiqish joyida avtomobilning elektr qismlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in qisqa fursatlarda bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi texnik shikastlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring