Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslar yurmoqda

Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslar yurmoqda

Samarqandda «JV MAN Auto-Uzbekistan»da ishlab chiqarilgan MAN A22 yangi avtobuslarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti vakillariga topshirish marosimi o‘tkazildi.

Yangi past polli avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadlarida xarid qilindi. «JV MAN Auto-Uzbekistan» da ishlab chiqarilgan avtobuslar endi yo‘lovchilarni aeroport terminalidan bevosita samolyot bortiga va ortga yetkazib qo‘yadi.

Uzunligi 12 metrli MAN A22 avtobuslari MAN shassisi bazasida ishlab chiqariladi. Past pol va avtobus «og‘ish» tizimi yo‘lovchilarning kirish va chiqishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, konditsionerlash va isitish tizimi avtobus salonida yil davomida qulay harorat bo‘lishini ta’minlaydi.

Avtobuslarning yengil alyumin kuzovi yo‘l qoplamasiga yuklamani kamaytirish imkonini beradi va foydalanish muddatini uzaytiradi. Kuzovning keng o‘lchamlari bir reysda 100 nafar yo‘lovchini tashish uchun yetarlicha makonni ta’minlaydi. Qayd etamiz, avtobusning umumiy sig‘imi aeroportda yo‘lovchilarni tashish uchun maxsus kengaytirildi.

ShOHRUH SULTONOV, «JV MAN AUTO-UZBEKISTAN» MChJ QK SOTUVLAR, SERVIS VA MARKETING BO‘YIChA BOSh DIREKTORI O‘RINBOSARI:

«JV MAN Auto-Uzbekistan» yoda ishlab chiqarilgan avtobuslarning ajralib turuvchi xislatlari xavfsizlik, qulaylik, zamonaviy dizayn, raqobatbardosh narx va ko‘plab opsiyalar mavjudligi bo‘lib, ularni har bir buyurtmachi talablari va istaklariga moslashtirish imkoni mavjud. Xalqaro aeroport o‘z mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun bor imkoniyatlarni ishga soladi, kompaniyamiz esa, o‘z navbatida, aeroportda xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur texnikalarni taqdim etishga tayyor.

Shuni ham ta’kidlaymizki, ushbu avtobuslar Qozog‘istonda sertifikatsiyadan o‘tgan va Bojxona ittifoqining «G‘ildirakli transport vositalari xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglamentlari talablariga va YeVRO-4 ekologik standartlariga to‘liq muvofiq keladi. Shu tariqa, avtobuslarimiz sifati ulardan nafaqat O‘zbekiston, balki Bojxona ittifoqi mamlakatlari hududlarida ham foydalanish imkonini beradi.

Bugungi kunda MAN A22 past polli avtobuslarini mahalliylashtirish jarayoni «JV MAN Auto-Uzbekistan» QK zavodida o‘zlashtirilgan va kavsharlash, bo‘yash va kuzovni yig‘ish, shuningdek interer va ekstererni yig‘ishning to‘liq texnologik jarayonini o‘z ichiga oladi. Kompaniya bugungi kunda ushbu avtobus turi uchun 130dan ziyod nomdagi butlovchi detallarni o‘zlashtirgan».

Yangi MAN avtobuslari nafaqat yo‘lovchilar, balki haydovchiga ham qulaylik beradi.

Haydovchining ergonomik ish o‘rni yuqori darajada boshqaruv qulayligiga ega, puxta ishlangan dizaynga ega menyu va ulagichli uskunalar paneli, rul chambaragi balandligi va qiyaligining sozlanishi – zamonaviy qulay avtobus aynan mana shunday bo‘lishi lozim.

Hammasidan tashqari, yangi avtobuslar zamonaviy dvigatellarga o‘rnatiladigan dizelni boshqarishning elektron tizimi, o‘rnatma tormoz-sekinlatgich va EBS elektron boshqaruvli tormoz tizimili ZF 6 AP 1400 EcoLife avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Qayd etamizki, ushbu avtobuslarning yetkazib berilishi – bu «JV MAN Auto-Uzbekistan» kompaniyasining Toshkent xalqaro aeroporti bilan hamkorlik faoliyatidagi yangi yo‘nalishning boshlanishidir. Kompaniya, yo‘lovchilar tashish uchun yuqori qulaylik va xavfsizlik darajasini taqdim etib, yo‘lovchi tashish rivojlanishining yangi bosqichini ochmoqda, u respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari bilan ham hamkorlik salohiyatini ko‘zda tutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring