Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors fuqarolarni aldanib qolishdan ogohlantirmoqda

UzAuto Motors fuqarolarni aldanib qolishdan ogohlantirmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi fuqarolarni aldanib qolishdan ogohlantirdi. Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Samarqandda fuqarolar avtosalonda tunab qolayotganligiga oid xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi «Diyora orzu trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy dileri emas.

Bugungi kunda ko‘pgina ogohlantirishlarga qaramay fuqarolarga yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan ularning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan firibgarlarlik holatlari hali hamon uchrab turibdi.

Ular turli lizing va kredit tashkilotlari ko‘rinishida xaridorlarga avtomobil taklif qilib, ularning mablag‘larini o‘zlashtirmoqda. Huquq-tartibot organlari tomonidan ularning faoliyatlariga chek qo‘yilayotganiga qaramay bu kabi hodisalar davom etmoqda.

UzAuto Motors yangi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlardan ogoh bo‘lishni hamda faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishni so‘rab qoladi.

Kompaniya rasmiy dilerlarining to‘liq ro‘yxati bilan kompaniya rasmiy saytining ushbu havolasida tanishish mumkin:

Bu kabi qonunga hilof holatlarning guvohi bo‘lsangiz darhol kompaniyaning 78 141 77 77 «Ishonch telefonlariga» murojaat qilishingiz so‘raladi, deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring