Andijonda bolalar ikki boshli ilonni tutib olishdi (foto)

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi Rayish ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi ikki boshli ilonni tutib olishdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» muxbiri xabar berdi.
Mahalla fuqarosining aytishicha, u oddiy suv iloni bo‘lgan. Uzunligi yigirma santimetrlar atrofida. Ko‘chada o‘ynab yurgan bolalar ushlab olishgan.
Bolalar uni nobud qilib qo‘yishmasligi uchun ilon mahalladan oqib o‘tuvchi Shaxrixonsoyga qo‘yib yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter