Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda ikkita YTH: ikkisida ham qurbonlar bor

Bir kunda ikkita YTH: ikkisida ham qurbonlar bor

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 27-may kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida fojiali yo‘l-transport hodisalari ro‘y berdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

27-may kuni soat 01:30larda, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, «Ulug‘bek» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida 1980 y.t. X.T. (erkak) «Lasetti» rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1984-y.t. M.T. (erkak) boshqaruvidagi «Damas» rusumli transport vositasiga yaqinlashib, orqa o‘ng yon tomonidan urib, YTH sodir etishi oqibatida «Lasetti» avtomobili ag‘darilgan.

Natijada, «Lasetti» rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1984-y.t. X.K. (erkak) og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

***

Shu kuni soat 09:30 larda, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi 4R-35 «Jizzax-Qo‘rg‘ontepa-Navbahor» avtomobil yo‘lining 13 km.da «Navbahor-Jizzax» yo‘nalishida haydovchi 1993-y.t. H.A. (erkak) «Spark» rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, avtomobilning oldingi o‘ng shinasidan havo chiqib ketishi oqibatida haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomononiga chiqib ketib, ekin dala maydoniga ag‘darilib, YTH sodir qilgan.

Natijada, haydovchi 27 yoshli H.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring