Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda bir shifokor pora ustida qo‘lga tushdi

Buxoroda bir shifokor pora ustida qo‘lga tushdi

Xabar.uz

Kogon tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 100 dollar evaziga bir fuqaroning tug‘ma aqli zaif farzandiga 2-guruh nogironligini olib berishni va’da qilgan.

Fuqaroning viloyat IIBga yozgan arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Shahardagi Alpomish ko‘chasida joylashgan Tibbiyot birlashmasiga qarashli shahar kasalxonasi oldida talab qilingan puldan 700 000 so‘mni olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan shifokorga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi va 25, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring