Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiziriqdagi mudhish YTHda ikki kishi vafot etdi

Qiziriqdagi mudhish YTHda ikki kishi vafot etdi

Foto:«Tergov.uz»

29-iyun kuni fuqaro Z.T.  «Malibu» avtomashinasi bilan Qiziriq tumanida harakatlanayotgan bo‘lgan.

So‘ngra qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 56 yoshli O‘.X., ning boshqaruvida bo‘lgan «VAZ 2101» rusumli avtomashinaning harakat yo‘nalishiga chiqib ketishi oqibatida, avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan «VAZ 2101»ning old chap tomoni bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Natijada O‘.X. va 50 yoshli A.J., lar yong‘in natijasida avtomashina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring