Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi

Rasman! O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi

B.Almatov

O‘zbekistonda Fransiyadan uchib kelgan bemorda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori B.Almatov ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, bugun, 15 mart kuni soat 6:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring