Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 18 yoshli yigit yana og‘ir jinoyatga qo‘l urdi

Andijonda 18 yoshli yigit yana og‘ir jinoyatga qo‘l urdi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

2020-yilning 14-oktyabr kuniga o‘tar kechasi soat 02:00 da Andijon viloyati Izboskan tumani Poytug‘ shahrida joylashgan tuman pedagogika kasb-hunar kolleji yonida 18 yoshli A.B. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 18 yoshli X.X. bilan o‘zaro janjallashib qoladi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, janjal vaqtida A.B. qo‘lida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan X.X.ning qorin qismi hamda o‘ng soniga bir marotabadan urgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasida fuqaro X.X. hayot uchun xavfli bo‘lgan «og‘ir» darajadagi tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «b» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha A.B. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring