Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yo‘lovchiga 64 ta telpak ko‘plik qilmaydimi?

Bir yo‘lovchiga 64 ta telpak ko‘plik qilmaydimi?

«Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poyezdi tarkibi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, poyezd yo‘lovchilaridan biri fuqaro M.T. tomonidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan umumiy qiymati 85 million so‘mlik 64 dona bosh kiyimlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring