Giyohvandlikka jalb qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Bu O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1151-sonli Qonuni bilan Jinoyat kodeksining 274-moddasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda nazarda tutilgan.
Qonunga muvofiq, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki inson ongiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb qilish oqibatida shaxs vafot etsa yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqsa, aybdor 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Qayd etilishicha, mazkur o‘zgartishlar aholini, ayniqsa yoshlarni giyohvandlik illatidan himoya qilish hamda bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter