Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qator nomzodlar sudyalik lavozimiga tayinlandi

Qator nomzodlar sudyalik lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashida bir qator nomzodlar sudyalik muddati davriga va yangi vakolat muddati davriga tayinlandi. Bu haqda kengashning ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sho‘’basiga tayanib, O‘zA ma’lum qildi.

Xususan, «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunining 63, 631, 632—moddalari va «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi qonunning 7, 17—moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2020 yil 21 maydagi qarori bilan quyidagilar:

Akmal Fayzullayevich Jonqobilov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi lavozimiga;

Bahrillo Salimovich Jabborov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Jondor tumani sudining raisi lavozimiga;

Mansurbek Komilovich Kurbanov sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Xorazm viloyati iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

O‘ktamjon Zarifbayevich Masharifov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Shovot tumani sudining raisi lavozimiga;

Hasan Samatovich Akbarov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, 

Baxtiyor To‘ychiyevich Farmonov — sudyalik vakolatining qolgan muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining sudyasi lavozimiga;

Navro‘z Ergashevich Hamroyev — sudyalik vakolatining qolgan muddati davriga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani sudining raisi lavozimiga;

Shuhrat Shavkatovich Bakayev — sudyalik vakolatining qolgan muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi.

Shu bilan birga Sudyalar oliy kengashining qarori bilan 107 nafar nomzod sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring