Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shofirkonda bir kechada ikki marta o‘g‘rilik qilishda gumonlanuvchi ushlandi

Shofirkonda bir kechada ikki marta o‘g‘rilik qilishda gumonlanuvchi ushlandi

Foto: «Google.com»

Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati tomonidan Xabar.uz’ga ma’lum qilinishicha, Shofirkon tumanida bir kechada ikki marotaba o‘g‘rilik qilishda gumonlanuvchi shaxs ushlandi.

Joriy yilning 26 iyunida Shofirkonning «Tinchlik» mahallasida yashovchi fuqaro Sh.F. tuman IIBga murojaat qilib, 25 iyun tunida uyining orqa tomonidan joylashgan molxonasidan bahosi 5 million so‘mlik bir bosh sigiri o‘g‘irlab ketilgani haqida ma’lum qilgan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida o‘g‘irlik «Savrak» mahallasida istiqomat qiladigan Sh.N. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Eng qizig‘i, Sh.N. bir kechada jinoiy ishini davom ettirib, yana bir fuqaro N.A.ning ekin yer maydonida bog‘liq turgan bahosi 4,5 million so‘mlik bir bosh sigirini ham o‘g‘irlagani aytilmoqda

Mazkur holat yuzasidan Sh.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring