Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

53,3 gektar yer maydonida «Asaka city» barpo etiladi

53,3 gektar yer maydonida «Asaka city» barpo etiladi

Foto: «Asaka-city.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Andijon viloyati Asaka tumanini obodonlashtirish va arxitektura qiyofasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.

Andijon viloyati Asaka tumanining arxitektura qiyofasini yanada yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-yilda investitsiya loyihalari doirasida investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dasturga muvofiq «Asaka city» turar joy majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

Andijon viloyati Asaka tumani «Chek» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida «Asaka city» zamonaviy ko‘p funksiyali majmuani (keyingi o‘rinlarda – «Asaka city» majmuasi) barpo etish uchun 53,3 gektar yer maydoni tanlanganligi;

«Avtosanoat-Injiniring» MChJ «Asaka city» majmuasi loyihasining (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) bosh rejasini (batafsil rejalashtirish loyihasini) ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi etib, «Tashgiprogor» AJ esa tanlov asosida bosh loyiha tashkiloti etib belgilanganligi;

2020-yil 31-dekabrga qadar Loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlariga ruxsat olish, tayyorgarlik ishlari hamda Loyihani amalga oshirish bo‘yicha boshqa xarajatlar) «Avtosanoat-Injiniring» MChJ tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilganligi;

«Avtosanoat-Injiniring» MChJ tomonidan avtomobilsozlik sanoati xodimlarini arzon turar joylar bilan ta’minlash maqsadida «Asaka city» majmuasida bir qator namunaviy ko‘p kvartirali uylarni qurish ishlari boshlanganligi;

2021-yildan boshlab «Asaka city» majmuasida ob’yektlarni qurish investorlarning mablag‘lari, shu jumladan kreditlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring