Andijonda yana bir o‘zgarish: mashhur Yunusova o‘rniga Boltaboyev tayinlandi

Shokirjon Boltaboyev
Andijon viloyatida yana bir muhim tayinlov amalga oshirildi. Shokirjon Boltaboyev viloyat hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi ma’lum qildi. Tayinlovga qadar Sh.Boltaboyev Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgani aytiladi.
Xabaringiz bor, mazkur lavozimning avvalgi egasi Manzuraxon Yunusova bo‘lib, o‘n kuncha burun «o‘z xohishiga ko‘ra» ishdan ketgani aytilgandi. Bungacha u uzoq yillar Andijon viloyat xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelgan.

Bir qadar sirli va salobatli Manzuraxon Yunusova keyingi paytlar mojarolar markazida qolganidan xabaringiz bor. Avvaliga uning nomi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Andijoncha spektakl» ijodkorlari qatorida tilga olingan bo‘lsa, yaqinda u viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov qizining dabdaba va as’asa bilan o‘tkazilgan tug‘ilgan kunida aziz mehmon sifatida davra to‘rida ko‘rinish bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter