Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun yurtimizda 45 darajagacha issiq bo‘ladi

Bugun yurtimizda 45 darajagacha issiq bo‘ladi

Bugun yurtimizda anomal issiq davom etadi. O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli, ammo yog‘ingarchilik bo‘lmaydigan jazirama kuzatiladi.

Shamol sharqdan 7-12 metr tezlikda esib turadi. Havo harorati shimol hududlarida 37-42 daraja issiqni tashkil etsa, janub va cho‘l zonalarida 43-45 darajaga qadar yetadi.

Toshkentda shamol sharqdan 3-8 metr tezlikda esib turadi. Havo harorati esa 40-42 darajani tashkil etadi.

Tog‘ hududlarida esa havo harorati 29-34 darajadan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

Daryo — LIVE

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring