Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi ob-havo ma’lumoti

Bugungi ob-havo ma’lumoti

Bugun, 13 aprel kuni kunduz kuni O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22° iliqni, janubiy va shimoliy hududlarda 23-28° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 19-21° daragacha isiydi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring