Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahriga hokim tasdiqlandi

Buxoro shahriga hokim tasdiqlandi

Bugun, 13-fevral kuni xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiya ishida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan O‘tkir Jumayev nomzodi shahar hokimi lavozimiga ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, O‘tkir Jumayev 1975 yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. 1997 yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda «Buxorosuvqurilish» aksionerlik jamiyatining 37-son ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish bo‘limi muhandisligidan boshlagan O‘tkir Jumayev «Buxoroavtoyo‘l» hududiy yo‘llardan foydalanish davlat korxonasi direktori (2009–2010), «Buxoroavtoyo‘l» hududiy yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti direktori (2011–2012), «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ shaklidagi xorijiy korxona o‘quv markazi boshlig‘i (2012–2015), «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2015–2019) lavozimlarida ishlagan.

O‘tkir Jumayev qariyb bir yil avval Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring