Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga ayrim viloyatlarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Ertaga ayrim viloyatlarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 18-sentyabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 20-22° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo.
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo. 
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring