Farg‘onadan Volgogradga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi

«Sibir» (S7 Airlines) aviakompaniyasi joriy yilning 7-dekabridan boshlab Farg‘onadan Volgogradga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
Volgograd – Farg‘ona – Volgograd qatnovi haftaning seshanba kunlari 174 o‘rindiqli A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Volgograddagi «Gumrak» xalqaro aeroportidan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan 6:25 da bo‘lib, 3 soat 35 daqiqalik parvoz bilan reys Farg‘ona xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan 12:00 da kelib qo‘nadi. Farg‘onadan soat 13:20 da Volgogradga qaytish reysi bilan uchgan layner, Volgograd vaqti bilan 15:10 da manzilga yetib boradi.
Parvozlar 2021-2022 qish mavsumi bo‘yicha, 2022 yilning 22 martiga qadar rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter