Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda sayyohlarga 4 soatda 4 ta faslni ko‘rsatish mumkin — Hokim o‘rinbosari

Qashqadaryoda sayyohlarga 4 soatda 4 ta faslni ko‘rsatish mumkin — Hokim o‘rinbosari

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Shakazatov viloyatda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha OAV uchun ma’lumot berib o‘tdi. Mutasaddi brifing davomida viloyatning iqtisodiy salohiyati haqida gapirdi.

— Viloyatda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Aytaylik, sayyohlarga 4 soatning ichida yilning 4 ta faslini ko‘rsatish mumkin. Shahrisabz tog‘larida hozir ham qor bor. Mirishkorda esa yozning jaziramasi haliyam turibdi. Ekologik turizmni ko‘rsatish uchun juda yaxshi misol bu. Sayyohlar 4 soat ichida to‘rtta faslni ko‘rib olishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek qishloq xo‘jaligi sohasida ham bir qator ishlarni amalga oshirishga harakat qilmoqdamiz. G‘alladan bo‘shagan maydonga takroriy ekin sifatida eksportbop mahsulotlar ekilyapti. Viloyatda asosan mosh va loviya yetishtirishga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, «Har bir yoshga bir gektar yer» loyihasi asosida ajratilgan yerlarga ham asosan dukkakli ekinlar ekildi. Yetishtirilgan mahsulotni sotib olish uchun eksporter ham tayyor turibdi.

2000 gektar adirlik yerlari tomchilab sug‘orish asosida o‘zlashtirilmoqda.

Viloyatda Qurilish materiallari zaxiralari juda ko‘p. 150 million dollarlik sement zavodi qurilmoqda. Chiroqchi tumanida gazobeton ishlab chiqarish loyihasi tayyorlangan. Loyiha quvvati 15 million dollardan iborat. Viloyatda zaxira imkoniyatlari ko‘p. Biz bu loyihalar bilan cheklanmasdan, yana davom ettirmoqchimiz, — deydi Oybek Shagazatov.

Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida «Temir daftar»ga olingan oilalar holati bilan tanishish, ularga ko‘rsatilayotgan yordamlarni o‘rganish masalasi bo‘yicha matbuot vakillari uchun press-tur tashkil etilgan. Xabar.uz axborot-tahliliy portali viloyatdan bir qator reportajlar tayyorlashni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring