Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» payshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» payshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

5-yanvar kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarga 17-22 m/s gacha, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida va Jizzax, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda 25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, ba’zi joylarga 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring