Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turistik biznes vakillari xalqaro forumga taklif etiladi

Turistik biznes vakillari xalqaro forumga taklif etiladi

29-noyabr kuni Xiva shahrida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan "Chegarasiz turizm" turizmni rivojlantirish Xalqaro forumi o‘tkaziladi. Forumda turizm sohasidagi mahalliy tadbirkorlik subyektlari va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII)ga a'zo davlatlarning yetakchi kompaniyalari ishtirok etishadi. 

Ta'kidlash kerakki, xalqaro forum kun tartibidan "YеOIIda turizm: sayyohlik oqimini jadal tiklash salohiyati, istiqbollari va muammolari", "Barqaror va yashil turizm kun tartibidagi o‘zaro ta’sir", "YeOII mamlakatlari o‘rtasida yo‘lovchi transporti aloqalarini kengaytirish", "Kelajak turizmi: turizm sohasida kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik istiqbollari" kabi dolzarb masalalar o‘rin olgan.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad ichki turizmni sezilarli darajada rivojlantirish boʻyicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, turizm sohasida ilmiy-texnikaviy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring