Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi

Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 16- iyul kuni Olmaota-Toshkent-Termiz trassasida, Turkiston viloyati hududida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborotida ma’lum qilingan. 

YTHda mikroavtobusning 5 nafar yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi. Hozirda ulardan uchtasining shaxsi aniqlanmoqda. Mazkur transport vositasi haydovchisi va 6 nafar yo‘lovchisi, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng sog‘liklari holatining barqaror ekanligi sababli hamyurtlarimizga tibbiyot muassasasidan ruxsat berildi.

Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring