Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 30 yildan buyon ko‘rishmagan aka-uka diydorlashdi

Sirdaryoda 30 yildan buyon ko‘rishmagan aka-uka diydorlashdi

Foto: Sirdaryo viloyat xalq qabulxonasi

Joriy yilning 15 may kuni fuqaro o‘zini Aliyev Solijon Azimovich deb tanishtirib, qarindosh urug‘larini 30 yildan beri ko‘rmaganligi, shu bois Sirdaryo tuman Xalq qabulxonasiga Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yaqin qarindoshlarini topib berishni iltimos qilib murojaat qilib kelgan. Bu haqda Sirdaryo tuman xalq qabulxonasi mutaxassisi Asqarali G‘ayratov xabar berdi.

U bilan o‘tkazilgan suhbat davomida uning yonida xech qanday shaxsini tasdiqlovchi xujjati yo‘qligi, mavjud xujjatlari xammasi yo‘qolganligini bildirdi.

Ushbu fuqaro muqum turar joyga ega bo‘lmasdan turib, Sirdaryo tumanida ko‘cha-ko‘yda duch kelgan joyda yotib, kundalik turmushi uchun ko‘chalarda yelim suv idishlarini yig‘ib topshirib yurgan.

Shundan so‘ng Sirdaryo tuman Xalq qabulxonasi orqali Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani Xalq qabulxonasiga murojaat qilinib, ularning yordamida fuqaro S. Aliyevning yaqin qarindoshlari topib berildi.

Joriy yilning 18 may kuni fuqaro S. Aliyevni Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani Ozod MFYda yashovchi uning akasi Aliyev Sodiqjon va ukasi Aliyev Oybekjonga Sirdaryo tuman Xalq qabulxonasi binosida yuzlashtirib, ularning qaramog‘iga topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring