Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda hojatxonaga chaqaloq tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda hojatxonaga chaqaloq tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozor hojatxonasiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topib olingani haqida xabar berib o‘tilgan edi. Prokuratura tomonidan xabar qilinishicha, chaqaloqni tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

«02.07.2019 yil soat 15:00 larda fuqaro F.T. (1999 y.t.) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi «Xabibobod» bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan. Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra chaqaloqning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib turibdi. U tibbiyot xodimlari tomonidan sun’iy oziqlantirilmoqda. Chaqaloq jinsi - qiz bola, og‘irligi - 3500 gramm, bo‘yi - 50 santimetr.

Chaqaloq Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring