Noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushdi
Toshkent shahrining me’moriy qiyofasini saqlash, shaharsozlik normalariga rioya etilishini ta’minlash va noqonuniy qurilishlarga chek qo‘yish maqsadida maxsus «Noqonuniy qurilish» Telegram-boti ishga tushirildi.
Endi fuqarolar ko‘p qavatli uylar atrofida, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, yashil hududlar yoki boshqa jamoat joylarida noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlagan taqdirda, bu haqda @noqonuniy_qurilish_bot orqali xabar berishi mumkin.
Mazkur bot orqali kelib tushgan murojaatlar noqonuniy qurilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan chora ko‘rishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Bosh prokuratura fuqarolarni o‘z uyi va mahallasidagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslikka hamda noqonuniy qurilish holatlari kuzatilganda jamoatchilik nazoratida faol ishtirok etishga chaqirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter