Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xayrullo Bozorov Namangan shahrida 9 kunlik ta’til e’lon qildi

Xayrullo Bozorov Namangan shahrida 9 kunlik ta’til e’lon qildi

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov televideniye orqali aholiga murojaat qildi.

O‘z murojaatida hokim 2020-yilning 28-martidan 5-apreliga qadar Namangan shahridagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilot, muassasa va idoralarda ta’til e’lon qilinishini ma’lum qildi.

«To‘qqiz kun mobaynida Namangan shahri aholisi ko‘chaga chiqmasdan uyda o‘tirishlari talab etiladi. Bu cheklovdan davlat hokimiyati, ijro hokimiyati tizimida, huquqni muhofaza qilish idoralari va soliq idoralari, bank kabi iqtisodiyot idoralarida ishlovchilargina mustasno qilinadi», – degan viloyat hokimi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning ilk holati bugun Namangan shahrida qayd etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring