Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Fransiya Marokashni to‘xtatdi

JCh-2022. Fransiya Marokashni to‘xtatdi

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida Fransiya ikkinchi finalchiga aylandi. 

Marokash bilan bahsda Teo Ernandes hamda Randal Kolo-Muanining gollari amaldagi jahon chempioniga g‘alaba keltirdi. Fransuzlar ketma-ket ikkinchi bor finalga yo‘l olishdi.

Fransiya — Marokash 2:0
Gollar: Ernandes (5), Kolo-Muani (79).

Fransiya – Loris, Kunde, Varan, Konate, Ernandes, Tchuameni, Fofana, Jiru (Tyuram, 65), Grizmann, Dembele (Kolo-Muani, 79), Mbappe.

Marokash – Bunu, Hakimi, Saiss (Amalla, 21; Ezzalzuli, 78), Al Yavmiq, Dori, Mazraui (Attiyyat-alla, 46), Ziyosh, Amrabat, Unai, An-Nosiri (Hamdalla, 66), Bufal (Abuhilol, 67).

Ogohlantirish: Bufal (27).

Marokash ertagi shu bilan yakuniga yetmadi. Ular 17 dekabr kuni Xorvatiya bilan bronza medali uchun o‘ynaydi.

Finalda esa 18 dekabr kuni Fransiya va Argentina bahs olib boradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring