Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe – JCh finallarida to‘rtta gol urgan birinchi futbolchi

Mbappe – JCh finallarida to‘rtta gol urgan birinchi futbolchi

Fransiya terma jamoasi yetakchisi Kilian Mbappe JCh-2022 finalini yondirib berdi.

Finalda uchta gol urgan futbolchi tarixga kirdi.

Kilian Mbappe Jahon kubogi finallarida 4 ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. U o‘tgan turnirda xorvatlar darvozasiga ham bitta gol urgandi.

Shuningdek, Kilian Mbappe jahon chempionati finalida xet-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Birinchisi 1966 yilda ingliz Xerst bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 8 gol bilan 2022 yilgi jahon chempionati to‘purari bo‘ldi.

Finalda Argentina – Fransiya asosiy vaqtda 2-2, qo‘shimcha vaqtlarda 3-3 hisobi qayd etishdi. Uchrashuvda Messi ikkita, Di Mariya bitta, Fransiya tarkibida Mappe uchta gol urdi.

Penaltilar seriyasida esa Argentina 4-2 hisobida g‘alaba qozondi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring