Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi kiygan arab libosiga katta pul taklif qilindi

Messi kiygan arab libosiga katta pul taklif qilindi

Jahon chempionlarini taqdirlash marosimida Argentina sardori va turnirning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messiga arablarning milliy libosi kiydirilgan edi.

«Bisht» deb ataluvchi ushbu libosni arablar ko‘proq yilning sovuq faslida kiyishadi. Ko‘p hollarda turli xildagi bazm, to‘y va bayramlarda ushbu yopinchiqdan foydalaniladi.

Ma’lum qilinishicha, ummonlik milliarder Messi taqdirlash marosimida kiygan ushbu libos uchun 1 million yevro berishga tayyorligini bildirgan. Leo pulga muhtoj shaxs emasligi hisobga olinsa, ummonlik milliarderga xaridini amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring