Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7-iyul kuni 308 holatda kasallik qayd etildi. 3 nafar bemor vafot etdi

7-iyul kuni 308 holatda kasallik qayd etildi. 3 nafar bemor vafot etdi

Shu yilning 7-iyul kuni mamlakatimizda 308 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 187 nafari karantin muassasalarida, 117 nafari aholi orasida, 4 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Shu bilan birga, bugun Toshkent shahri, Samarqand va Navoiy viloyatlarda 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

SSV matbuot xizmati xabar qilganidek, 7-iyul kuni Toshkent shahri, Qashqadaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 121 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10670 nafar bemordan 6811 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3819 nafar bemordan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 44 713 nafar, statsionar karantinda esa 25 032 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring