Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beshta hududda koronavirus aniqlandi

Beshta hududda koronavirus aniqlandi

2020-yil 7-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10670 (+83) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 18 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 15 nafari Buxoro viloyatida, yana 15 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 12 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 59 nafar, Qashqadaryo viloyatida 54 nafar, Jizzax viloyatida 6 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, jami 121 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 6811 (+121) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring