Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy epidemiyani ataylab tarqatish uchun sayyohlardan foydalangan — Trampning maslahatchisi

Xitoy epidemiyani ataylab tarqatish uchun sayyohlardan foydalangan — Trampning maslahatchisi

AQSh prezidenti Donald Trampning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro Xitoyni koronavirusni ataylab tarqatishda ayblab chiqdi. Uning ta’kidlashicha, buning uchun xitoylik sayyohlardan foydalanilgan.

«Uxanda ilk bemor noyabr oyida paydo bo‘ldi. Xitoy esa jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘magida ikki oy davomida bu virusni butun dunyodan yashirib keldi. Keyin esa kasallikni tarqatish uchun yuz minglab xitoyliklarni samolyotlarda Milan, Nyu-York va butun dunyo bo‘ylab jo‘natdi», — deya bayonot bergan Navarro.

Uning aytishicha, Xitoy virusni Uxandan chiqarmayoq bartaraf etishi mumkin edi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Tramp ham bir necha bor Xitoy haqida keskin fikr bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring