Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda yana 17 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida Tojikiston fuqarolari ham bor

Yurtimizda yana 17 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida Tojikiston fuqarolari ham bor

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar hamda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (26 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lsa, yana 1 nafari (45 yoshli ayol) Toshkent viloyatidan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 20 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Farg‘ona, Xorazm va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan, 2 nafari esa Tojikiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 940 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 955 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 426 nafarni tashkil etmoqda.

Andijon viloyatida tuzalganlarning 2 nafari ham ayol (65 yoshli va 46 yoshli) bo‘lib, Andijon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 169 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun hozirga qadar 17 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 2624 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring