Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kalmar o‘yini» seriali «Netflix»ga qancha daromad keltirdi?

«Kalmar o‘yini» seriali «Netflix»ga qancha daromad keltirdi?

Foto: Filmdan lavha

Janubiy Koreyaning «Kalmar o‘yini» seriali barcha reyting va rekordlarni uryapti. Bir oy avval chiqqan ushbu loyiha o‘zi start olgan maydon — «Netflix»ga juda katta daromad keltiradi.

Hozirgacha olingan ma’lumotlar tahlili asosida ekspertlar serial «Netflix»ga 891 mln. dollar keltirishini chamalashyapti. Solishtirish uchun: bu «Kalmar o‘yini»ga sarflangan 21,4 mln. dollardan 40 baravar ko‘p!

Serialga ulangan 132 mln. akkauntdan 87 millioni faslni oxirigacha tomosha qilgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 66 foizini tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring