Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kino ishlagan xorij kinokompaniyalariga xarajatning bir qismi qaytariladi

O‘zbekistonda kino ishlagan xorij kinokompaniyalariga xarajatning bir qismi qaytariladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish («rebate») tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (568-son, 19.09.2020-y). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Nizomga ko‘ra, xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirgan xarajatlarining 20 foizi (biroq 300 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

Bunda, xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun «O‘zbekkino» Milliy agentligidan ruxsatnoma oladi hamda hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolanadi.

Xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun O‘zbekistondagi tijorat banklarida maxsus hisob raqami ochadi va xarajatlarni shu orqali amalga oshiradi.

Ruxsatnoma muddati yakunlangandan so‘ng filmni suratga olish ishlari yakunlangan hisoblanadi.

Xarajatlarni qaytarish uchun tegishli hujjatlar Moliya vazirligiga taqdim etiladi va vazirlik tomonidan 10 kun muddatda qaror qabul qilinadi.

Agentlik xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.

Davlat budjetidan mablag‘ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar ro‘yxati Agentlik veb-saytiga joylashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring