Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suratda kimni ko‘ryapsiz? Eng mashhur optik illyuziyalardan birining siri ochildi

Suratda kimni ko‘ryapsiz? Eng mashhur optik illyuziyalardan birining siri ochildi

Foto: Uilyam Eli Hill

Flinders universiteti va Janubiy Avstraliya universiteti olimlari inson optik illyuziyani qanday qabul qilishi uning yoshiga bog‘liq degan to‘xtamga kelishdi. Tadqiqot natijalari «Scientific Reports» jurnalida chiqdi.

«Mening xotinim, mening qaynonam» optik illyuziyasining o‘ziga xosligi shuki, bitta qiyofada ikki nafar: yosh ayol (boshi xiyol teskari burilgan — tomoshabinga uning burni, ko‘zi qisman, qulog‘i va marjon taqilgan bo‘yni ko‘rinib turibdi) va keksa ayol (tomoshabinga yuzi yon tomondan (profil) ko‘rinadi, shuningdek, ikki ko‘zi, do‘ng burni, og‘zi va iyagi namoyon bo‘ladi) tasvirlangan.

Olimlar «Mening xotinim, mening qaynonam» optik illyuziyasi ustida sinov o‘tkazish uchun 22 mamlakatdan 18 yoshdan 68 yoshgacha bo‘lgan 666 nafar kishini jalb etishdi.

Qizig‘i, 30 yoshgacha bo‘lganlar yosh ayol, 30 yoshdan kattalar esa keksa ayol tasvirini tezroq ilg‘ashgan.

«Mening xotinim, mening qaynonam» surati ilk marotaba nemis otkritkasida 1888-yili paydo bo‘lgan. Keyinchalik, 1915-yilda karikaturachi rassom Uilyam Eli Hill o‘z talqinini taqdim etdi va bu optik illyuziyaning mumtoz namunasiga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring