Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter» foydalanuvchisi Donald Trampni «Uyda yolg‘iz-2» filmidan qirqib tashladi (video, foto)

«Twitter» foydalanuvchisi Donald Trampni «Uyda yolg‘iz-2» filmidan qirqib tashladi (video, foto)

«Uyda yolg‘iz-2» filmidan lavha.

Skrinshot

«Twitter» foydalanuvchisi AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp qatnashgan lavhani «Uyda yolg‘iz-2» filmidan qirqib tashladi.

«Ko‘pchilik talablarga binoan Trampni «Uyda yolg‘iz»dan qirqib tashladim, — deb yozdi videoga izohda maxschramp niki ostida foydalanuvchi. U taqdim etgan rolikda bosh qahramon (Makoley Kalkin) bo‘sh joy bilan muloqot qilyapti, Trampning gaplari esa eshitilmaydi ham.

Keyinchalik ushbu rolikka Makoley Kalkin ham munosabat bildirdi: «Bravo!». Aktyor rachellobaugh niki ostidagi foydalanuvchining filmdagi Trampni 40 yoshli Kalkinga almashtirish taklifiga ham javob berdi: «Sotildi» — aftidan taklif unga ham ma’qul.

Yana ayrimlar «Uyda yolg‘iz-2»ga yangi saylangan prezident Jo Bayden va Gollivud yulduzi Kianu Rivzni tiqishtirishgan.


Mavzuga oid: Tramp «Uyda yolg‘iz-2» filmidagi rolini sharaf deb biladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring