Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi o‘zbek myuzikli: «Orzular qanotida» komediyasining katta premerasi

Yangi o‘zbek myuzikli: «Orzular qanotida» komediyasining katta premerasi

17 aprel kuni O‘zbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan olingan va yorqin ijrolar, kulgili vaziyatlar bilan pozitiv kayfiyat bag‘ishlovchi qiziqarli voqealar, qahramonlarning o‘zgacha ijrolari, sevimli musiqalarni o‘z ichiga olgan «Orzular qanotida» kinokartinasining prem’yerasi bo‘lib o‘tadi. 

Prem’yera Alisher Navoiy kinosaroyida bo‘lib o‘tadi. 

Har bir inson hayotda o‘z orzulari qanotida yashaydi, o‘zi bosib o‘tgan hayot yo‘lini faqat rangli orzular bilan tasavvur qiladi. Rejissyor Ergash Mo‘minov o‘zining «Orzular qanotida» nomli yangi musiqiy komediyasini shu mavzularga bag‘ishlagan.

Filmning barcha voqealari tushda sodir bo‘ladi. Bosh qahramon professor Olimov korxonaga kelib, xodimlarni 10 yoshga yoshartirmoqchiligini aytadi. Uning bu kashfiyotiga barcha rozi bo‘ladi. Xodimlar xayolan 10 yilga orqaga qaytishadi, professor ularni zimdan kuzatadi va ko‘plab xulosalar qiladi. So‘ng odamlarni yoshartirish niyatidan qaytadi. Film oxirida tush ko‘rayotgan Shukur (Farhod Abdullayev) cho‘chib, uyg‘onib ketadi va hammasi tushdagi ro‘yo ekaniga amin bo‘ladi.

Filmdagi jozibali kuy - qo‘shiqlar ishtirokidagi qizg‘in voqealar, shokka tushib qolgan xodim – Shukur akaning ong osti olamida yuz beradi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, eski uylar buzilib, yangi shahar bunyod bo‘ladi. Eskicha qoloq fikrlar o‘rnini ilm-ma’rifat egallaydi.

Filmda taniqli aktyorlar Muhammadsoli Yusupov, Zuhra Ashurova, Farhod Abdullayev, Begzod Hamrayev, Tolib Mo‘minov, Feruza Sobitova, Sevara Soliyeva, Xurshida Arabshoyeva, Umid Hamdamov rollar ijro etishgan. Ssenariy mualliflari Nurillo Abbosxon va Rinat Galiyev, postanovkachi operator Avaz Tillayev.

Yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qiling...

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring