Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan yangi ta’lim muassasalari tashkil etildi

Prezident farmoni bilan yangi ta’lim muassasalari tashkil etildi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning madaniyat va san’at sohasining jamiyatdagi o‘rni va ta’sirini oshirish haqidagi farmoni bilan O‘zbekistonda yangi ta’lim muassasalari tashkil etildi.

Jumladan:

  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek maqom san’ati fakulteti” hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi;
  • davlat muassasasi shaklidagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji etib qayta tashkil etildi;
  • V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari maktab-internatlar uchun belgilangan imtiyozlarni tatbiq qilgan holda tegishlicha V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablariga aylantirildi;
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi hamda Toshkent ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi negizida Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va san’at kolleji tashkil etildi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring