Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi (foto)

O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

O‘zbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okgugga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi. 

Dala-o‘quv maydoni chinakam ma’noda askar akademiyasidir. Chunki poligonda harbiy xizmatchi nazariy bilimlarini amaliy sinovdan o‘tkazadi. Shu bois, Vatan himoyachilarining ham ma’nan, ham ruhan, ham jismonan tayyorgarligi oshishida, jangovar shayligining rivoj topishida poligonlarning o‘rni muhimdir.

Poligon qurilishida o‘zining vatanparvarligini, yurtsevarligini ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar mudofaa vaziri tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, dala-o‘quv maydoni infratuzilmasini bunyod etgan qurilish tashkilotlari vakillariga to‘n kiygizildi.

Ochilish marosimidan keyin mudofaa vaziri general-mayor B. Qurbonov boshchiligida zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan o‘quv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari ko‘zdan kechirildi. Askar va ofitserlar oshxonasi ko‘zdan kechirilayotgan pallada uning bugungi kunda shahar markazlarida urf bo‘lgan «Milliy taomlar»dan kam emasligi alohida ta’kidlandi.

Poligon inftuzilmasidan so‘ng navbat dala-o‘quv maydonini nazardan o‘tkazishga keldi. O‘zbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standardlariga to‘la-to‘kis javob beradi. Unda bir vaqtning o‘zida barcha turdagi jangovar texnikalarni qo‘llagan holda o‘quv-mashg‘ulotarini olib borish imkoniyati yaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring