Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun — final! Uni Ravshan Ermatov boshqaradi

Bugun — final! Uni Ravshan Ermatov boshqaradi

Bugun 1-fevral kuni Osiyo Kubogi musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Finalda turnir kashfiyoti — Qatar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvni hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Abu Dabidagi «Zayed Sports City Stadium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Agar finalda Yaponiya terma jamoasi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ular o‘z tarixlarida 5-marta Osiyo Kubogi g‘olibiga aylanishadi. Agar Qatar terma jamoasi g‘alaba qozonsa, ular birinchi marta Osiyo Kubogi sovrinini boshlari uzra ko‘tarishadi.  

Osiyo Kubogi, final.

Yaponiya — Qatar

Abu Dabi, «Zayed Sports City Stadium» 

Bosh hakam: Ravshan Ermatov

Yon hakamlar: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov

To‘rtinchi hakam Ma Ning (Xitoy).

VAR Paolo Valeri (Italiya), Muhammad Taqi Bin Javhariy (Singapur), Kristofer Bit (Avstraliya).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring