Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angela Merkelning samolyoti avtomobil bilan to‘qnashdi

Angela Merkelning samolyoti avtomobil bilan to‘qnashdi

Foto: «spiegel.de»

Germaniya kansleri Angela Merkelning samolyoti Dortmund aeroportida avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.

Aeroportda turgan «Bombardier Global 5000» hukumat samolyotiga ichida haydovchisi bo‘lmagan avtomobil borib urilgan. Tergovchilar haydovchisiz avtomobil qanday qilib harakatga kelganini tekshirishmoqda. Hodisa oqibatida samolyot shikastlangan. To‘qnashuv vaqtida Merkel samolyot bortida bo‘lmagan. Uch nafar ekipajga zarar yetmagan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, haydovchi ayol mashinaning qo‘l tormozini tortishni unutib qoldirgan. Germaniya kansleri Berlinga harbiy vertolyotda qaytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring