Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anvar Boynazarov chempionlik kamarini qo‘lga kirita olmadi

Anvar Boynazarov chempionlik kamarini qo‘lga kirita olmadi

Anvar Boynazarov ochkolar hisobiga Petchpanomrung Kiatmookaoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, deb xabar bermoqda «sports.uz».

Hamyurtimiz Anvar Boynazarov bugun, 6 iyul kuni tongda AQShning Florida shtati Orlando shahrida «Gloryworldseries» chempionlik kamari uchun tailandlik Petchpanomrung Kiatmookaoga, ya’ni «Petch»ga qarshi ringa ko‘tarildi.

Besh raunddan iborat bo‘lgan jang murosasiz o‘tdi. Chunki «Glory» tarixidagi o‘z vazn toifasidagi ikki yetakchi bir-biriga ro‘baro‘ kelgandi. Anvar ushbu promoushenning qo‘l bilan eng yaxshi harakat qiluvchi vakili bo‘lsa, uning raqibi «Petch» esa oyoqda eng yaxshi harakat qiluvchi jangchisi sifatida e’tirof etiladi va aynan har ikkisi shunday nominsiyalarni qo‘lga kirita olishgan.

«Petch» hamyurtimizni jiddiy o‘rganib chiqqanligi jang boshlashidanoq ma’lum bo‘ldi. U oraliq masofani saqlagan xolda, oyoq bilan zarba berib, Anvarning kuchli quroli — qo‘l bilan ishlashiga imkoniyat bermadi. Shunday bo‘lsada, yurtdoshimiz besh raundning ikkisida o‘z ustunligini namoyish eta oldi. Lekin qolgan uch raundlarda tailandlik sportchi faolroq bo‘ldi va aynan shu faollik evaziga g‘alaba qozondi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring