Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning ashaddiy dushmani qaysi davlat ekani aytildi

AQShning ashaddiy dushmani qaysi davlat ekani aytildi

Aksariyat amerikaliklar Xitoyni AQShning ashaddiy dushmani deb biladi. Bu haqda Gallup so‘rovnomasi natijasida aytiladi. 

Xitoy ketma-ket uchinchi yil so‘rovda birinchi o‘rinni egallagan.

Tadqiqotda 18 va undan katta yoshdagi 1008 kishi ishtirok etgan va  AQSh hududida urib tushirilgan Xitoy shari bilan bog‘liq janjal fonida o‘tkazildi.

Rossiya bilan ijobiy aloqalar va koronavirusning sun’iy kelib chiqishi haqidagi mish-mishlar Xitoyga nisbatan salbiy kayfiyatni kuchaytirgan. 

Ukrainada urush boshlanganidan beri Amerika matbuotida tez-tez asosiy dushman sifatida paydo bo‘lgan Rossiya esa ikkinchi o‘rinda. Har uchinchi respondent uni eng ashaddiy dushman deb ataydi.

Ta’kidlash joizki, 2002-2012 yillarda amerikaliklarning 5 foizdan kamrog‘i bu fikrda edi. Rossiyaga nisbatan salbiy munosabatning sezilarli o‘sishi 2014 yilda (Qrimning bosib olinishi va Ukraina sharqida mojaro sabab) boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring