Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on: «Yolg‘oning o‘tmaydi»

Erdo‘g‘on: «Yolg‘oning o‘tmaydi»

Foto: RBK

Turkiya parlamenti yig‘ilishida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zini xususiy «Sadat» harbiy kompaniyasiga homiylik qilishda ayblagan muxolifatchi Xalq-respublikachilar partiyasi (XRP) yetakchisi Kemal Qilichdoro‘g‘liga «Navbatdagi yolg‘oning o‘tmaydi», dedi.

Kompaniya rahbarlari bilan hech qanday aloqam yo‘q. Bu haqda gapirish — hurmatsizlik ko‘rsatish», — dedi Erdo‘g‘on.

Erdo‘g‘onning aytishicha, «Sadat» — sobiq mustamlaka mamlakatlarida ishlayotgan kompaniya.

Yaqinda XRP ushbu xususiy harbiy kompaniyani surishtirish uchun Turkiya parlamentiga so‘rov kiritgandi. Muxolifatchilarning nazarida, bu kompaniya Turkiya hukumati bilan aloqador bo‘lib, 2023-yilning iyuniga belgilangan saylovga aralashishni reja qilgan.

O‘z navbatida, «Sadat» barcha ayblovlarni inkor qilib, o‘z sha’nini sudda himoya qilishini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring