Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim Buxoroda bitiruvchilarga 144 ta oltin va 151 ta kumush medal topshirdi

Hokim Buxoroda bitiruvchilarga 144 ta oltin va 151 ta kumush medal topshirdi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro yoshlar markazida joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirgan o‘quvchilarning 144 nafariga oltin, 151 nafariga kumush medal berildi.

Buxoro viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, joriy o‘quv yilida viloyatdagi 528 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfini 16 950 nafar yigit-qiz muvaffaqiyatli tugatgan. Shundan jami 295 nafar bitiruvchi-o‘quvchilar oltin, kumush medallar bilan taqdirlangan.

- Bugun men uchun eng quvonchli kun. Sababi men va tendoshlarim ko‘ksini bezab turgan oltin va kumush medallar mehribon ustozlarimiz bergan bilim, qadrli ota-onalarimiz tarbiyasi natijasidir. Biz, yoshlarga berilgan bu rag‘batga keyinchalik ham munosib bo‘lishga, mamlakatimizning ravnaq topishi, tinchligimiz va farovon hayotning bardovom bo‘lishiga intilamiz,- dedi oltin medal sohibasi Nilufar Ibragimova.

Medallar Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev tomonidan topshirildi.

Zulfizar Mavlonova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring