Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo va Buxoroda ishga joylashtirishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Surxondaryo va Buxoroda ishga joylashtirishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: Xabar.uz

Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda ayrim shaxslar davlat tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirishni va’da qilib, fuqarolardan katta miqdorda pul olgani aniqlangan.

Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tez tibbiy yordam stansiyasining sobiq xodimi to‘rt nafar fuqaroni mazkur muassasaga haydovchi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishini aytgan. U shu yo‘l bilan ulardan jami 3 400 AQSh dollarini olgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv davomida ushbu mablag‘ning 600 AQSh dollari qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli huquqiy choralar ko‘rilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda ham shunga o‘xshash holat aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro N.J. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali viloyat Perinatal markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialiga hamshira sifatida ishga joylashtirishni va’da qilgan.

U mazkur xizmat evaziga fuqarolardan 3 300 AQSh dollari va 9,7 million so‘m olgani aniqlangan. Tekshiruv materiallari asosida holatga huquqiy baho berilmoqda.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring